Isroil armiyasining Xon Yunisdan Rafahga odamlarni evakuasiya qilish buyrug‘i vahima, qo‘rquv va xavotirga sabab bo‘ldi. Bu haqda Yaqin Sharqdagi Falastin qochoqlar agentligi (UNRWA) rahbari Filipp Lazzarini ma’lum qilmoqda.
Bayonotga ko‘ra, Isroil harbiy hujumlari natijasida 350 mingdan ortiq odamni ta’minlaydigan suvni chuchuklashtirish zavodiga kirishni to‘sib qo‘yilgani uchun suvdan foydalanish imkoniyati cheklangan.
Lazzarinining aytishicha, kamida 60 000 kishi "to‘lib bo‘lgan UNRWA boshpanalariga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan".
Evakuasiya buyrug‘i odamlarni G‘azo sektorining uchdan bir qismidan kamrog‘ini tashkil etuvchi hududga jamlanishga majbur qiladi. Ularga hamma narsa kerak: oziq-ovqat, suv, boshpana, va eng muhimi, xavfsizlik.
"Janubiy yo‘llar to‘silib qolgan", — deya qo‘shimcha qildi Lazzarini. U Isroil hukumatini gumanitar yordamning "shartsiz, uzluksiz va yetarli" yetkazilishini ta’minlash uchun G‘azo sektori va Isroil o‘rtasidagi o‘tish joyini ochishga chaqirdi.
"Ushbu talabga rioya qilmaslik xalqaro gumanitar huquqni buzadi", — deya ta’kidladi Lazzarini.