Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

BMT G‘azada yangli to‘g‘ilgan chaqaloqlar orasida genetik mutasiyalar misli ko‘rilmagan darajada ko‘payganini ma’lum qildi

BMT G‘azada yangli to‘g‘ilgan chaqaloqlar orasida genetik mutasiyalar misli ko‘rilmagan darajada ko‘payganini ma’lum qildi

UNRWA (BMTning Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligi) matbuot bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Adnan Abu Hasna ma’lum qilishicha, G‘azada to‘g‘ilayotgan muddatidan oldin chaqaloqlarda genetik mutasiyalar misli ko‘rilmagan darajada kuzatilmoqda. Bu holat ehtimol ochlik, stress va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq.

Ayni paytda yangi to‘g‘ilgan chaqaloqlar hayotiga bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining zaxiralari tugayotganligi ham tahdid solmoqda.

UNRWA 13 iyul kuni bergan bayonotida aytildiki, G‘azada 70 mingga yaqin bola, xuddi aholining 90 foizidan ortig‘i kabi, jiddiy to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. Bu holat Isroil blokadasining kuchayishi fonida yuz bermoqda.

Gumanitar yordam, jumladan oziq-ovqat va dori-darmonlar olib kirilishiga qo‘yilgan cheklovlarning kuchaytirilishi, ayniqsa 2025 yil martidan boshlab, G‘aza sektorida holsizlanish holatlarining keskin ortishiga olib keldi.

UNRWA xalqaro hamjamiyatni “zaruriy mahsulotlarni zudlik bilan yetkazib berish va tobora kuchayib borayotgan azoblarga barham berish”ga chaqirdi.

Kiritildi: 12:45 17.07.2025. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!