Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

BMT: "Fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar xalqaro huquq tomonidan taqiqlangan"

BMT: "Fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar xalqaro huquq tomonidan taqiqlangan"

Birlashgan Millatlar Tashkiloti fuqarolik infratuzilmasiga, jumladan energetika infratuzilmasiga hujumlar xalqaro huquq tomonidan taqiqlanganini e’lon qildi va Ukrainada zudlik bilan va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik Qora dengizda tijorat kemalariga qilingan hujumlarga izoh berish chog‘ida aytib o‘tdi.

"Bizning pozisiyamiz o‘zgarishsiz qolmoqda: fuqarolik infratuzilmasiga, jumladan, energetika infratuzilmasiga hujumlar qayerda sodir bo‘lishidan qat’i nazar, xalqaro huquq tomonidan taqiqlanganligini yana bir bor ta’kidlaymiz”, — dedi u.

BMT Bosh kotibi vakili vaziyatni yumshatishga chaqirib, tashkilot Rossiya-Ukraina urushini zudlik bilan tinch yo‘l bilan tugatishga intilayotganini ta’kidladi. “Biz zudlik bilan, to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlashimizni yana bir bor tasdiqlaymiz, bu esa Ukrainada Nizom, xalqaro huquq va BMTning tegishli rezolyusiyalariga muvofiq adolatli, uzoq muddatli va keng qamrovli tinchlik o‘rnatishga yo‘l ochib beradi”, - deya yakunladi u.

“Kairos” va “Virat”tankerlari Qora dengizda hujumga uchragani avvalroq xabar qilingan edi.

Kiritildi: 10:15 02.12.2025. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!