Ekspertlar Isroilning Livanga hujumlarini qoralab, ularni noqonuniy deb baholadi. 8 aprel kuni Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) tomonidan Livanga amalga oshirilgan keng ko‘lamli zarbalar oqibatida 350 dan ortiq odam, jumladan 30 nafar bola halok bo‘lgandi. 15 aprel kuni uyushtirgan hujumlarda esa kamida 16 kishi halok bo‘ldi, ular orasida to‘rt nafar feldsher ham bor.
"Bu hujumlar Isroilning o‘z-o‘zini himoya qilishini anglatmaydi. Bu BMT Nizomini ochiqdan-ochiq buzish, tinchlikka qaratilgan harakatlarni qasddan izdan chiqarish va BMTga asoslangan xalqaro tartibni haqorat qilishdir", deyiladi ekspertlar bayonotida.
Ular Isroilni Livanga qarshi barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Shuningdek, BMTga a’zo davlatlarni “xalqaro gumanitar va inson huquqlari jiddiy buzilganiga oid ishonchli dalillar bor” paytda Isroilga qurol yetkazishni to‘xtatishni talab qildi.