Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

BMT Bosh kotibi: "Tashkilot hisobotlariga bo‘lgan qiziqish ancha pastlagan"

BMT Bosh kotibi: "Tashkilot hisobotlariga bo‘lgan qiziqish ancha pastlagan"

Odamlar BMT hisobotlariga unchalik qiziqish bildirmaydi va ularning aksariyatini kam odam o‘qiydi.

Bu haqda tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT hisobotlari o‘rtacha 20 yil oldingiga qaraganda uzunroq bo‘lgan.

"Tan olishim kerakki, hisobotlar ham cho‘zilmoqda. Ulardagi so‘zlar soni 20 yil avvalgi hisobotlardan 40 foizga ko‘p. Biroq bunday hisobotlarning aksariyati kamdan-kam o‘qiladi", - dedi Bosh kotib.

Uning ta’kidlashicha, tashkilot hisobotlarining atigi besh foizi besh ming martadan ko‘proq yuklab olinadi. Shu bilan birga, har beshinchi hisobot mingdan kamroq yuklab olinadi.

"Va ular yuklab olingan bo‘lsa ham, bu ularning o‘qilganligini anglatmaydi", deya qo‘shimcha qildi Guterrish.

Kiritildi: 10:00 03.08.2025. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!