Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

BMT bosh kotibi Rossiyaning AESga qilgan hujumini qoraladi

BMT bosh kotibi Rossiyaning AESga qilgan hujumini qoraladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiyaning Ukrainaga qilgan hujumlarini qoraladi va bu zarbalar vaqtincha ishg‘ol qilingan Zaporojye atom elektr stansiyasida yana bir bor yadro xavfsizligini xavf ostiga qo‘yganini aytdi.

Bu haqda bosh kotib matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

"Ushbu hujumlar Zaporojye atom elektr stansiyasini elektr energiyasi bilan ta’minlashni to‘xtatib, yadro xavfsizligi uchun davom etayotgan xavflarni yana bir bor ta’kidladi", — deyiladi bayonotda.

Guterrish xavfli eskalasiya va tinch aholi qurbonlari soni ortib borayotganidan xavotir bildirdi. U tinch aholiga va muhim infratuzilmaga hujumlar xalqaro huquq tomonidan taqiqlanganligini yana bir bor ta’kidlab, zudlik bilan va hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, 4 iyul kuni Rossiya vaqtincha ishg‘ol qilingan Zaporojye AESni Ukrainaning yagona energetika tizimi bilan bog‘lovchi elektr tarmog‘iga urilgan va bu stansiyada elektr tokining uzilishiga sabab bo‘lgan edi.

Kiritildi: 07:20 06.07.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!