Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

BMT AQSH-Ukraina muzokaralarida ijobiy yutuqqa erishilishiga umid qilmoqda

BMT AQSH-Ukraina muzokaralarida ijobiy yutuqqa erishilishiga umid qilmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Floridada Ukraina va Amerika delegasiyalari o‘rtasida Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid qilmoqda.

Bu haqda BMT vakili Stefan Dyujarrik matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, muzokaralar nozik bosqichda: "Biz muzokaralar jarayoni BMT tomonidan bir necha bor chaqirganidek, o‘t ochishni to‘xtatish va barqaror tinchlikka erishishga olib keladi, deb umid qilamiz. Uchrashuvlarning davom etishi muhim. Tinchlik rejasining to‘liq matni hali ommaga e’lon qilinmaganini qayd etaman".

Avvalroq AQSh va Ukraina delegasiyalari Floridada Vashington taklif qilgan tinchlik rejasi va mojaroni hal qilish yo‘llarini muhokama qilish uchun muzokara o‘tkazgan edi.

Kiritildi: 09:30 02.12.2025. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!