Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

BMT aniq aytdi: Isroil GENOSID sodir etdi

BMT aniq aytdi: Isroil GENOSID sodir etdi

BMTda Isroil "genosid"da ayblanmoqda.

G‘azo sektorining elektr ta’minotidan uzib qo‘yilishi fonida Isroilga nisbatan sanksiyalarning yo‘qligi va qurol yetkazib berishning davom ettirilishi Falastin xalqiga qarshi "genosid"da ishtirok etish hisoblanadi.

BMTning Falastinning bosib olingan hududlarida inson huquqlari ahvoli bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albaneze shu haqda bayonot berdi.

Maxsus ma’ruzachi X’da e’lon qilgan sharhida Isroilning G‘azo sektoriga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish qarorini "genosid" deb atadi. "G‘azo sektoriga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish, boshqa oqibatlar qatorida, suvni chuchuklashtirish stansiyalari ishini, binobarin, toza suv yetkazib berishni ham to‘xtatishni anglatadi," - dedi Albaneze va "Isroilga nisbatan sanksiyalar hamda ushbu mamlakatga qurol-yarog‘ yetkazib berishga embargo yo‘qligi genosid sodir etilishiga ko‘maklashish demakdir," deb ta’kidladi.

Kiritildi: 23:48 10.03.2025. O'qildi: 1159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!