BMTning Gumanitar ishlar bo‘yicha muvofiqlashtirish boshqarmasi (UNOCHA) 2026 yilda Ukrainadagi urushdan jabr ko‘rganlar va ichki ko‘chirilganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2,3 milliard dollarlik gumanitar yordam yig‘ish rejasini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2026 yilda Ukraina bo‘ylab 10,8 millionga yaqin inson gumanitar yordamga muhtoj bo‘ladi. BMT va uning hamkorlari 4,1 million kishini oziq-ovqat, tibbiy xizmat, boshpana, himoya va naqd yordam bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.
BMT vakillari front chizig‘i hamda shimoliy hududlardagi aholi infratuzilmaning vayron bo‘lishi va asosiy xizmatlar uzilishi sabab eng og‘ir gumanitar vaziyatga duch kelayotganini ta’kidladi.