Rossiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili Zaxarova AQSh OAVda chop etilgan xabarni yolg‘on dedi.
“Bu o‘zini ommaviy axborot vositasi deb ataydigan nashrning Kremlga yaqin ishonchli manbalari yo‘q. Faqat ishonchsiz manbalar bor”, dedi Mariya Zaxarova.
Oldinroq Bloomberg Rossiya “Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha AQSh tinchlik rejasining so‘nggi versiyasiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni, jumladan, Ukraina Qurolli Kuchlari uchun qo‘shimcha cheklovlarni joriy etishni” talab qilmoqda deb yozgan edi.
Zaxarovaning aytishiga ko‘ra, "Kremlga yaqinlik" iborasi u yerda soxta ma’lumotni ishonchliroq qilib ko‘rsatish uchun niqob.