Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Ukrainaga va Yevropaning boshqa mamlakatlariga Mavic turidagi dronlarni sotishni to‘xtatgan, biroq Rossiyaga yetkazib berishni davom ettirmoqda.
Evropalik rasmiylaridan birining agentlikka bildirishicha, Zelenskiyning so‘zlari Yevroittifoqning tahlil va baholariga mos keladi. Unga ko‘ra, Xitoy dronlar uchun ba’zi muhim extiyot qismlar, masalan, motor magnitlarini G‘arb davlatlariga yetkazib berishni qisqartirgan, ammo bu mahsulotlarning Rossiyaga yetkazilishini kuchaytirgan.
Mavic — bu fuqarolik uchuvchisiz droni bo‘lib, odatda ayerofotosuratga olish uchun ishlatiladi. Ammo uni portlovchi moddalarni tashishga moslashtirish mumkin. Bloombreg nashrining ma’lum qilishicha, jang maydonida bu kabi dronlar kuzatuv hamda hujum maqsadlarida qo‘llanilishi mumkin.
Pekin esa Moskva va Kiyev o‘rtasidagi urushda hech qaysi tomonga qurol yetkazib bermayotganini ma’lum qildi.