Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

Bloomberg: "Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga uch kishi halaqit qilmoqda"

Bloomberg: "Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga uch kishi halaqit qilmoqda"

Buyuk Britaniya siyosatchilari Ukraina inqirozini diplomatik yo‘l bilan hal qilishga xalaqit bermoqda. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar bermoqda.

“Bosh vazir Boris Jonson, Tashqi ishlar vaziri Liz Trass va Mudofaa vaziri Ben Uolles Ukrainadagi mojaro yordamida o‘z reytingini oshirishga harakat qilmoqda”, deyiladi nashrda.

Nashr, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab karantin paytida uyushtirilgan ziyofat sababli Jonsonning obro‘siga zarar yetganini eslatgan. Shu bilan birga, qayd etilishicha, Buyuk Britaniya hukumatining yuqori martabali a’zolari faqat “masofadan” jang qilmoqda.

“Trass va Uolles jiddiy mamlakatning Tashqi ishlar va Mudofaa vazirlari emas, balki tribunadan qichqirayotgan futbol muxlislariga o‘xshaydi”, deyilgan maqolada.

Nashrning qayd etishicha, Jonson o‘z lavozimini tark etgan taqdirda ham hech narsa o‘zgarmaydi, chunki uning sheriklari Bosh vazirdan qolishmaydi.

Xulosa qilib aytganda, maqola muallifi Ukrainani bunday “ingliz do‘stlari” bilan “hushyor bo‘lishga” chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kiyev viloyatining Vasilkov shahri hokimiyati Stugna daryosidagi qirg‘oqqa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson sharafiga nom bergandi.

Kiritildi: 22:57 19.05.2022. O'qildi: 12050 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!