Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bloomberg: Germaniya 2029 yilgacha mudofaa byudjetini ikki baravar oshirmoqchi

Bloomberg: Germaniya 2029 yilgacha mudofaa byudjetini ikki baravar oshirmoqchi

Axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2029 yilda Berlin harbiy xarajatlarga 162 milliard yevro ajratishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, Germaniya har yili Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 9 milliard yevro sarflashni ko‘zlamoqda.

Avvalroq Germaniya hukumati mudofaa byudjetini bosqichma-bosqich oshirib borishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan edi. 2025 yilda bu miqdor (Bundesverning maxsus jamg‘armasidan tashqari) 62,4 milliard yevro bo‘lishi, 2029 yilga kelib esa 152,8 milliardga yetishi kutilmoqda. Bu reja mart oyida yangi hukumat koalisiyasi tomonidan qarz cheklovining bekor qilinishi ortidan amalga oshirilmoqda.

Bloomberg'ning qayd etishicha, Germaniyaning bu rejasi NATO davlatlari tomonidan 2035 yilgacha harbiy xarajatlarni YAIMning 3,5 foiziga yetkazish maqsadiga oldinroq erishishni ta’minlaydi.

Kiritildi: 12:15 29.07.2025. O'qildi: 863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!