Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida 3 126 ta ta’sir chorasi qo‘llanildi

A A A
Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida 3 126 ta ta’sir chorasi qo‘llanildi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Biznes-ombudsman devoni axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi:

Tadbirkor virtual ofisi" orqali 9 034 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida tadbirkorlarga 19,4 mlrd so‘mdan ortiq kredit ajratilishi, 10,2 mlrd so‘m miqdorida asossiz to‘langan soliq summalari qaytarilishi, 3,5 mlrd so‘m pul mablag‘larini mas’ul idoralardan undirilishida yordam ko‘rsatilgan.

Biznes-ombudsman tomonidan o‘tgan vaqt davomida tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida 3 126 ta ta’sir chorasi qo‘llanildi.
🔵33,5 mlrd so‘mlik 121 ta da’vo arizasi;
🔵 107 ta taqdimnoma
🔵23 ta ogohnoma
🔵 47 ta xulosa
🔵 2 828 ta ma’muriy bayonnoma shular jumlasidandir.

📌Natijada, 17,1 mlrd so‘mlik da’vo tadbirkorlar foydasiga qanoatlantirildi, 16 ta qaror (hujjat) bekor qilindi va 126 nafar mas’ul shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, 37 mln so‘mdan ortiq asossiz hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi.

Kiritildi: 15:08 07.12.2023. O'qildi: 1252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!