Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"Bizda svet yo‘q": O‘zbekistonlik muxlis Infantinodan Qatardagi jahon chempionatini yozga ko‘chirishni so‘radi

"Bizda svet yo‘q": O‘zbekistonlik muxlis Infantinodan Qatardagi jahon chempionatini yozga ko‘chirishni so‘radi

Botimizga muxlislarimizdan biri FIFA prezidenti Janni Infantinoga yozgan xat kelib tushdi, deb yozadi telegramdagi "Shokirjonov kanali".

«Salom, janob Infantino! Men O‘zbekistonlik Azamatman. Qatardagi mundialga termamiz chiqmagan ersa-da, juda qiziqish bilan tomosha qilishni niyat qilgandik. Afsuski, yurtimizdagi tok uzilishlari sabab ko‘p o‘yinlarni ko‘ra olmayapmiz.

Sizga bir taklifim bor, janob Infantino. Jahon chempionatining guruh bahslari o‘z yakuniga yetdi. Keyingi bosqichdagi uchrashuvlarni yoz faslida o‘tkazsangiz. Sababi tok o‘chishi munosabati bilan biri-biridan qiziq uchrashuvlarni ko‘ra olmaymiz, shunga majburmiz. Yoz oyida esa bizda tok o‘z normasida beriladi. O‘shanda biz ham millionlar o‘yinidan bahramand bo‘larmidik...

Men aniq bilamanki, hududimizdagi tok o‘chishlarini bartaraf etishdan ko‘ra, Qatardagi jahon chempionatining qolgan qismini yoz oyiga ko‘chirish osonroq. O‘ylaymizki, O‘zbekiston energetika vazirligidan farqli ravishda, futbol muxlislarini qadrlaysizlar.

03.12.2022
🕐 00:59»

Kiritildi: 15:54 04.12.2022. O'qildi: 12723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!