Al-Jazeeraga ko‘ra, Jabaliyaga nisbatan amalga oshirilgan Isroil havo hujumlari guvohlari, kamida 50 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan bu zarbalarga hech qanday ogohlantirish berilmaganini aytishdi.
"Biz uxlayotganimizda portlash bizni uyg‘otib yubordi," dedi Anas Solih. "Qo‘shnilarimizning uyi bombalandi, bizniki esa qattiq shikastlandi.
"Biz zo‘rg‘a qochib qutuldik. Barcha qo‘shnilarimiz halok bo‘ldi."
Boshqa bir falastinlik portlash "kuchli zilzilaga o‘xshab ketdi" deb aytdi.
"Biznikini ham qo‘shib hisoblasak, barcha uylar yo‘q bo‘lib ketdi. Biz vayronalar ostidan chiqib keldik va Xudoga shukr tirik qoldik," dedi u.