Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Biz yolg‘iz emasmiz — biz birinchi bo‘lganlarmiz..."

"Biz yolg‘iz emasmiz — biz birinchi bo‘lganlarmiz..."

«Ispaniya yolg‘iz qoldi, degan gaplarni eshitgan bo‘lishingiz mumkin. Falastin davlatini tan olganimizda ham xuddi shunday deyishgan edi. Ammo keyinchalik boshqa davlatlar ham bizning ortimizdan ergashdi. Biz yolg‘iz emasmiz — biz birinchi bo‘lganlarmiz. Yolg‘iz qoladiganlar esa himoya qilib bo‘lmaydigan narsani himoya qilayotganlar bo‘ladi», dedi Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches.

Bu chiqish butun internetni portlatdi.

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches, ehtimol, Yevropa Ittifoqi yetakchilari orasida Donald Tramp va uning siyosatini ochiqchasiga tanqid qilishga jur’at etgan yagona shaxsdir. Sanches AQSh prezidenti talabiga ko‘ra mudofaa xarajatlarini oshirishdan bosh tortdi, uning noqonuniy muhojirlarga nisbatan siyosatini va u amalga oshirgan harbiy operasiyalar - Venesuela prezidentini qo‘lga olish va Eronga zarbalarni qoraladi.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!