KXDR yetakchisi AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikka qarshi turish uchun mamlakat yadroviy energetikasini mustahkamlashga va’da berdi.
Kim Chen In bu haqda Koreya Xalq armiyasi batalyonlari qo‘mondonlari va siyosiy komissarlarining to‘rtinchi yig‘ilishidagi nutqida ma’lum qildi.
"Koreya yarim oroli dunyodagi eng qaynoq nuqta hidoblanadi. Biz yadro quroliga asoslangan mudofaa kuchlarimizni cheklovlarsiz kuchaytiramiz", — deya ta’kidladi Shimoliy Koreya rahbari.
Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlarni oldini olish va kerak bo‘lsa, dushmanlarga qarshi oldindan zarba berish uchun harbiy tayyorgarlikni yakunlash va yadroviy quvvatni mustahkamlash zarur.