Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Biz terrorchilarga boshpana bergan davlatlar suvereniteti daxlsizligini rad etamiz

Biz terrorchilarga boshpana bergan davlatlar suvereniteti daxlsizligini rad etamiz

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Isroilning Qatarga uyushtirgan havo hujumiga shunday izoh berdi.

"Xalqaro huquqqa ko‘ra, har qanday davlat o‘z fuqarolarini himoya qilish maqsadida chegaralaridan tashqarida himoya operasiyalari o‘tkazish huquqiga ega. Isroil ana shu tamoyil asosida harakat qildi", — dedi Netanyahu.

Shu bilan birga, u Qatarni Isroil zarba bergan birinchi davlat deb atadi.

Eslatib o‘atmiz, 9 sentyabr kuni ushbu mamlakat hududiga Isroil tomonidan HAMAS rahbariyatiga tegishli ob’ektga qarata raketa uchirildi. Ushbu hujum oqibatida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bilvosita muzokaralarda ishtirok etayotgan Falastin harakati vakillari halok bo‘ldi.

Kiritildi: 21:35 15.09.2025. O'qildi: 1284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!