Starmer Buyuk Britaniyada muzlatib qo‘yilgan 25 milliard funt sterlinglik Rossiya aktivlarini musodara qilish masalasini "murakkab" deya baholadi.
"Bunday qarorni qabul qilishda sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilishi lozim bo‘lgan ko‘plab omillar mavjud. Biz mazkur masalani ittifoqchilarimiz bilan muhokama qilmoqdamiz, biroq men Buyuk Britaniya parlamentida o‘zimni aldab, bu savolga oddiy javob bor deb aytishni istamayman", – deya ta’kidladi Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer.