Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Biz dushmanni qaytarishga tayyormiz - Abdusalom Azizov qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlari haqida

Biz dushmanni qaytarishga tayyormiz - Abdusalom Azizov qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlari haqida

O‘zbekiston va Tojikiston harbiy kuchlarining o‘quv-mashg‘ulotlari biz dushmanni qaytarishga tayyor ekanligimizni ko‘rsatdi, deb xabar qildi general-mayyor Abdusalom Azizov Tojikistonning Sorruxdaron poligonida bo‘lib o‘tgan o‘zbek-tojik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari so‘nggida, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Vazir aytishiga qaraganda 5 kun davom etgan o‘quv-mashg‘ulotlari ikki do‘stona armiya tarixida ilk bor o‘tkazilgan manyovrlar bo‘lib, u tarixiy ahamiyatga ega.  

“Bugungi kunda dunyo va Markaziy Osiyo hududidagi vaziyat, xalqaro terrorchi guruhlar faolligining ortishi - bizni hushyor bo‘lishga, qurolli kuchlarimizni doimo jangovar shay holatda turishga majbur qiladi. Biz yagona hududda yashaymiz, shuning uchun faqatgina birgalikda qilingan do‘stona harakatlar va harbiy qismlarning o‘zaro hamkorligi natijasida, biz terrorizmga qarshi chiqishimiz va uni yengishimiz mumkin”, - dedi Abdusalom Azizov.

Tojikiston mudofaa vaziri o‘z navbatida bugungi kunda Afg‘oniston shimolidagi vaziyat alohida xavotir uyg‘otayotganini xabar qildi.

“U yerda terrorchilar guruhlarining faolligi hamda “Islomiy davlat” jangarilarining to‘planishi kuzatilmoqda. Milliy xavfsizlikka qarshi paydo bo‘layotgan chaqiriqlar va terrorchilik misli ko‘rilmagan darajada faolllashgan sharoitida, hech bir mamlakat ularga bir o‘zi qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bunday vaqtda hududdagi kuchlarni birlashtirish muhim ahamiyatga ega. Tojkiiston va O‘zbekeiston renspublikalari Markaziy Osiyoga  kirish istehkomlari hisoblanadi. Davlatlarimiz rahbarlari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishlarni qilmoqda. Shu bilan bir vaqtda biz terrorchilikning barcha yo‘nalishlariga qarshi kurashni kuchaytirmoqdamiz”, - dedi Sherali Mirzo.   

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston harbilarining qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari 17 sentyabr kuni Tojikistondagi “Nurafshon” o‘quv markazida boshlangan edi. 600 ga yaqin harbiylar ishtirok etgan o‘quv mashg‘ulotlari 22 sentyabrga qadar davom etdi.

 

Kiritildi: 09:46 24.09.2018. O'qildi: 1238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!