Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

"Bitta ovqat topish imkonsiz vazifaga aylandi"

"Bitta ovqat topish imkonsiz vazifaga aylandi"

Isroilning G‘azoga 62 kundan beri insonparvarlik yordamini to‘liq to‘xtatib qo‘yishi natijasida, falastinliklar oziq-ovqat zahiralari tugab borayotgan jamoat oshxonalariga bog‘lanib qolishdi.

G‘azo shahridagi ko‘chirilgan falastinlik Ahmad al-Najjor "Al Jazeera" telekanaliga shunday dedi: "Bitta ovqat topish imkonsiz vazifaga aylandi. Bu yerdagi odamlar birin-ketin xayriya tashkilotlarining oziq-ovqat zahiralari tugab, faoliyatini to‘xtatayotganini va aholiga zarur yordam ko‘rsata olmasligini e’lon qilganining guvohi bo‘lishdi."

Zaxiralarning kamayishi bozor do‘konlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshishiga olib keldi. Al-Najjor: "Agar pulingiz bo‘lsa, biror tuzukroq narsa topishingiz mumkin," dedi va butun G‘azo bo‘ylab ko‘pchilik odamlarning sotib olishga qurbi yetmasligini qo‘shimcha qildi.

"To‘siqning narigi tomonida yuk mashinalari to‘planib turgan bir paytda, odamlar, hatto bolalarning ahvoli og‘ir bo‘la turib, ularning ichkariga kiritilmasligi juda alam qiladi va g‘azablantiradi."

Kiritildi: 21:57 03.05.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!