Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Bitkoin narxi pasaymoqda

Bitkoin narxi pasaymoqda

Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta - bitkoin narxi 12 foizdan ko‘proqqa pasaydi va 64 ming dollardan pastga tushib, 2024 yil oktyabr oyidagi darajasiga yetdi, deb xabar beradi NBC News.

CoinMarketCap ma’lumotlariga ko‘ra, bitkoin 2025 yil 6 oktyabrda bir tanga uchun 125 ming dollarga baholangan. Shunday qilib, o‘sha vaqtga nisbatan u 1,2 trillion dollardan ortiq qiymatni yo‘qotdi. Bu investorlarning ishonchsiz valyutalar - kriptovalyutalar va texnologiya kompaniyalarining aksiyalaridan voz kechishi bilan bog‘liq. Ular pullarini oltin kabi an’anaviy aktivlarda saqlashga o‘tdilar.

Bitkoin narxi 2025 yil fevral oyiga nisbatan 35 foizga pasaydi. Oltin narxi esa, aksincha, 70 foizga oshdi.

Bu yilning dastlabki bir necha oylarida oltin 11 foizga oshdi, bitkoin esa 26 foizga pasaydi.

Eng yirik bitkoin saqlovchisi Strategy aksiyalari 17 foizga pasaydi. Chunki, bu tashkilot yillar davomida bitkoin shaklida mablag‘ to‘plab kelgan. Hozirda uning 713 mingta tangasi bor. Har birining qiymati 76 ming dollarga baholanmoqda.

Shuningdek, bitkoin narxining pasayishi tufayli Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik kriptovalyuta birjasi Coinbase aksiyalari pasaydi. Circle moliyaviy kompaniyasi va Robinhood savdo platformasi ham shunga o‘xshash zarar ko‘rdi.

Kiritildi: Bugun 16:01. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!