Bitkoin narxi 70 ming dollardan pastga tushdi — Bloomberg.
Agentlikning xabar berishicha, bitkoin qiymati qisqa muddatga 70 ming dollardan pastga, oxirgi marta 2024-yil noyabrida kuzatilgan darajagacha tushib ketdi.
Nyu-York birjasidagi savdolar boshida bitkoin kursi qisqa vaqt ichida 69 385 dollargacha pasaydi.
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, bitkoin 2025 yil oktyabrida 126 ming dollardan oshgan eng yuqori cho‘qqisiga nisbatan 44 foizdan ko‘proq qiymatini yo‘qotgan.