Dunyodagi eng yirik kirptovalyuta Bitcoin narxi 81,9 ming dollarga chiqdi. Bu token uchun navbatdagi rekord bo‘ldi. Uning narxi yil boshidan beri 93 foizga oshdi.
Bitcoin va boshqa kriptovalyutalar Donald Tramp AQSh prezidenti etib tayinlangach qimmatlashni boshladi.
Tahlilchilar 80 ming dollarlik marrani noyabr oxirigacha bosib o‘tilishini taxmin qilgan edi. Bitcoin'ning kutilganidan tezroq o‘sishi uni 100 ming dollarlik marraga ancha yaqinlashtirmoqda. Bu yil oxirigacha sodir bo‘lishi mumkin.