Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Bismark Muhammad (s. a. v) payg‘ambarimiz haqida qanday fikr bildirgan?

A A A
Bismark Muhammad (s. a. v) payg‘ambarimiz haqida qanday fikr bildirgan?

“O, Muhammad! Men siz bilan bir davrda yashamaganimdan afsus qilaman! Insoniyat Tanlangan insonni bir bor ko‘rdi va boshqa ko‘rmaydi. Qarshingizda boshim yerga tekkuncha ta’zimdaman!”

Otto Bismark (1815–1898),

Germaniya imperiyasi reyxskansleri

***
“Muhammad payg‘ambar buyuk yo‘lboshchidir. U jamiyatni haq yo‘lida mustahkamladi va bu hurmat-ehtiromga munosib. U odamlarni nohaq qon to‘kilishlaridan asrab qoldi va tinchlikni barqaror qildi. Ruxiy komillik uchun yo‘l ochdi. Bunday odam barchaning hurmatiga munosib”.

Lev Tolstoy (1828–1910),

Rus yozuvchisi

***
“Butun insoniyat Muhammadga o‘xshaganida, amaldagi dunyo bir boshqaruv ostiga o‘tganida, u muammolarni bartaraf etgan, o‘z navbatida, hozir dunyo uchun tanqis bo‘lgan osoyishtalik va baxt olib kelgan bo‘lar edi. Men uni (Muhammad payg‘ambarni) o‘rganib chiqdim. Hayratlanarlisi—u xristianlarga qarshilikdan yiroq inson va aksincha, uni Insoniyat qutqaruvchisi, deb atash mumkin.

Bordiyu qaysidir din oldindagi yuz yillikda Angliya va Yevropada hukmronlik imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak bo‘lsa, bu din Islomdir!”

Bernard Shou (1856–1950),

ingliz dramaturgi

***
“Men bugun millionlab insonlarni boshqarishning mutloq huquqiga kim eng munosib ekanini bilishni istardim. Men shunga qattiq amin bo‘ldimki, Islomning bugungacha bo‘lgan hayotdagi o‘rni qilich bilan egallanmadi. Bunga mutloq poklik bilan, Payg‘ambarning oliy darajadagi fidoiyligi, o‘z vazifalarini yuksak ado etishi, uning do‘stlari va izdoshlariga ulkan sadoqati, jasurligi, dovyurakligi, Alloh bo‘lgan mutloq e’tiqodi va yuklatilgan shaxsiy burchlari bilan erishildi”.

Maxatma Gandi (1869–1948),

Hind milliy ozodlik harakati yetakchisi

***
“Payg‘ambar bizga Qur’onni berdi va hayotimizdagi 5 ta burchni bizga yukladi. Eng asosiysi—yoddan chiqarmaylikki, Allohdan o‘zga iloh yo‘q! Qolgan to‘rttasi – 5 vaqt namoz, Ramazon oyi kelganda ro‘za tutish va kambag‘al-bechoralarga marhamatli bo‘lish…

U yana jimib qoldi. Payg‘ambarni eslab, ko‘zi namlandi. U tirik, betoqat va qiziqqon odam bo‘lsa-da, Muhammad qonunlari asosida yashashning uddasidan chiqa oldi …

Men faqat Makka haqida orzu qilaman. Sahroni qay tarzda bosib o‘tishim, Ka’bani yetti bor aylanib, bir bor tavof qilishim ming marta xayolimda gavdalanadi.

Qancha-qancha odamlar bilan to‘qnash kelishimni va mening sasim ibodatchilarning umumiy ovoziga uyg‘unlashib ketishini bir necha bor tasavvur qilib ko‘raman…”

Paulo Koelyo,

Braziliyalik adib

Manba: muxlis.uz

Kiritildi: 11:36 08.01.2020. O'qildi: 4815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!