Bishkek meriyasi Qirg‘izistonning "Jimjitlik to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq, poytaxtdagi barcha ko‘ngilochar maskanlar faoliyatini mahalliy vaqt bilan soat 22:00gacha cheklaganini ma’lum qildi.
Bu haqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari xabar tarqatgan.
Yangi farmonga ko‘ra, kafe, restoranlar, barlar, klublar, banket zallari va boshqa muassasalar rahbarlari belgilangan muddatdan kechiktirmay barcha tantanali, madaniy va ko‘ngilochar tadbirlarni to‘xtatib, o‘z muassasalarini yopishlari shart.
Bundan tashqari, soat 22:00 dan keyin barcha energiya sarflaydigan asboblar, jumladan, elektr pechkalar, isitgichlar va pechlar o‘chirilishi kerak. Baland musiqa va yorqin yorug‘lik bilan tadbirlar o‘tkazish ham taqiqlanadi.
Elektr generatorlaridan foydalanish faqat qonun talablarini hisobga olgan holda turar-joy binolaridan uzoqda joylashgan ob’ektlar uchun ruxsat etiladi.
Tuman hokimliklari shahar inspektorlari bilan birgalikda tartibning bajarilishi ustidan nazorat olib boradi va muntazam tekshiruvlar o‘tkazadi.