Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Bishkekda O‘zbekiston – Portugaliya o‘yinini tomosha qilish uchun fan-zona tashkil etiladi

Bishkekda O‘zbekiston – Portugaliya o‘yinini tomosha qilish uchun fan-zona tashkil etiladi

Bugun, 23 iyun kuni Qirg‘iziston poytaxtida O‘zbekiston – Portugaliya o‘yinini katta ekranda jamoaviy tomosha qilish uchun fan-zona tashkil etiladi.

Tadbir Bishkek markazidagi T. Usubaliyev nomidagi maydonda o‘tkaziladi.

Tadbir dasturi soat 21:20 da boshlanadi — mehmonlar uchun mahalliy estrada san’atkorlari chiqish qiladi. Soat 22:00 dan 23:00 gacha jonli translyasiya va o‘yin sharhi tashkil etiladi. Uchrashuv esa soat 23:00 da boshlanadi.

Tadbir munosabati bilan Bishkek shahrining qator ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Portugaliya o‘yini bugun, 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. O‘zbekistonning qator maydonlarida, jumladan, poytaxtdagi «Bunyodkor» stadionida o‘yin katta ekranlarda namoyish etiladi.

Kiritildi: 19:58 23.06.2026. O'qildi: 1396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!