Qirg‘iziston poytaxtidagi fast-fud do‘konida ommaviy ovqatdan zaharlanish holati qayd etildi.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtda 17 kishi, jumladan, to‘rt bola jabrlangan. Ularning barchasi bir kun oldin fast-fud do‘konidan shaurma sotib olgan.
Barcha jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. O‘n uch kishi Respublika klinik yuqumli kasalliklar kasalxonasida davolanmoqda, to‘rt kishi esa ambulatoriya sharoitida yordam olmoqda.
Bishkek davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassislari ovqatlanish muassasasida rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazdilar va laboratoriya tekshiruvi uchun ingrediyentlar va mahsulot qoldiqlaridan namunalar oldilar. Aniqlangan qoidabuzarliklar uchun fast-fud do‘koni yopildi va 41 000 som miqdorida jarima solindi.
Epidemiologik tekshiruv davom etmoqda.