Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Bishimbayev koloniyada emasmi?

Bishimbayev koloniyada emasmi?

Rafiqasi Saltanat Nukenovaning o‘limida ayblanib, 24 yilga qamalgan Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev koloniyada yo‘qligi haqida xabar tarqaldi. Jinoiy jazolarni ijro etish tizimi qo‘mitasi mazkur xabarga munosabat bildirdi.

Sobiq vazirning “g‘oyib bo‘lishi” haqida AIRAN jurnalistlari xabar bergandi. Ular suddan so‘ng Bishimbayev Arshali qishlog‘i yaqinidagi koloniyaga jo‘natilishi kerak bo‘lganini aytgan. Telekanalning suratga olish guruhi koloniyada hukm qilingan shaxs borligini tekshirishga borgan, ammo uni topa olmagan.

Shundan so‘ng Bishimbayev allaqachon ozodlikda yoki chet elda ekani haqida taxminlar paydo bo‘la boshlagan. Jazoni ijro etish xizmati mahbusning qochgani haqidagi ma’lumotni darhol inkor etdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda mahkum K.Bishimbayevning qochib ketgani haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Mahkum jazosini maksimal xavfsizlik darajasidagi muassasada o‘tamoqda”, deyiladi munosabatda.

Bishimbayevning koloniyadan qochib ketgani haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilgani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 09:56 11.11.2024. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!