Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Birja orqali pullarni ko‘paytirib beraman deb aldab ketgan firibgar qo‘lga tushdi

Birja orqali pullarni ko‘paytirib beraman deb aldab ketgan firibgar qo‘lga tushdi

Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 77 yoshli Q.S.ga noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib, birja orqali pullarini ko‘paytirib olishni taklif qilib, 13.365 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib g‘oyib bo‘lganligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 31 yoshli fuqaro A.F. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

A.F. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, A.F. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 16:56 28.03.2023. O'qildi: 1074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!