Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Birinchi prezident oilasi dabdabali mashinalar to‘plamining bir qismini Nyu-Yorkda sotuvga qo‘ydi (foto)

Avto / Xorij A A A
Birinchi prezident oilasi dabdabali mashinalar to‘plamining bir qismini Nyu-Yorkda sotuvga qo‘ydi (foto)

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning oilasi o‘zining hashamatli avtomobillar kolleksiyasining bir qismini sotmoqda. Aytilishicha, ushbu mashinalar Nyu-Yorkda sotuvga qo‘yilgan, deya xabar beradi kz.media qozog‘istonlik agentligi o‘z manbalariga tayanib.

«LasVegasHerald» manbasi kim oshdi savdosi vositachilariga tayanib ushbu xabarni bermoqda. Xabarda  Qozog‘iston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi va Qozog‘iston parlamenti Senati spikeri Darig‘a Nazarboyevaga tegishli hashamatli avtomobillar kolleksiyasi haqida so‘z bormoqda.

Bo‘lajak auksion to‘g‘risidagi ma’lumot Gernsi auksion uyining veb-saytida paydo bo‘ldi, ammo keyinchalik o‘chirildi. Sotish uchun quyidagi transport vositalari ro‘yxatga olingan: Ferrari F40; Ferrari Testarossa; Bugatti Veyron; Lamborjini Miura; Lamborjini Murciyelago; Lamborjini Urus; Koyenigsegg Agera S; Pagani Zonda va Alfa Romeo 8C.

Atigi 9 ta noyob avtomobil taxminan 13 million dollarga baholanmoqda, bu boshlang‘ich narx. Yakuniy narxlar qanday bo‘ladi, faqat taxmin qilish mumkin.

Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, kim oshdi savdosi dastlab dekabr oyi oxirida o‘tkazilishi kerak edi, ammo so‘nggi daqiqada tadbirni 2020 yilning birinchi choragidan keyinga surishga qaror qilindi.


 

 

Kiritildi: 10:41 03.12.2019. O'qildi: 5864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!