Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp o‘rtasidagi telefon muloqotlari tezkorlik bilan muvofiqlashtiriladi, deb bayonot berdi Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«Ikki prezident o‘rtasidagi telefon suhbatlari juda qisqa vaqt ichida kelishib olinishi mumkin», — dedi u.
Shuningdek, Peskov Rossiya va AQSh rahbarlarining birgina suhbati dunyodagi vaziyatni sog‘lomlashtirib qo‘ymasligini ham qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni Putin va Tramp o‘rtasida bir yarim soat davom etgan telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan edi.