Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Bir vaqtlar Osiyoning eng boy kishisi bo‘lgan xitoylik biznesmen umrbod qamaldi

Bir vaqtlar Osiyoning eng boy kishisi bo‘lgan xitoylik biznesmen umrbod qamaldi

Xitoy sudi payshanba kuni Evergrande Group asoschisi Xuey Ka Yanni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Bu kompaniya inqirozga uchrab, mamlakat iqtisodiyoti va moliya bozorlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatganidan besh yil o‘tib sodir bo‘ldi.

Bir vaqtlar Osiyoning eng boy kishisi bo‘lgan Xuey Ka Yan sakkizta ayblov bo‘yicha o‘z aybini tan olgan. Ular orasida mablag‘larni maqsadsiz ishlatish, mablag‘ jalb qilishda firibgarlik, davlat depozitlarini noqonuniy o‘zlashtirish, noqonuniy kredit berish, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq firibgarlik va pora olish kabi ayblovlar bor.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, bir vaqtlar Xitoyning yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lgan Evergrande 300 milliard dollarlik majburiyatlarining katta qismi bo‘yicha defoltga uchragan. Kompaniyaning muammolari uzoq vaqtdan beri dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan Xitoy ko‘chmas mulk sektoridagi inqiroz ramzlaridan biriga aylangan.

Xitoyning CCTV davlat telekanali ma’lum qilishicha, payshanba kuni Evergrande bilan bog‘liq jami 56 kishi turli jazolarga hukm qilingan.

Kompaniyaning aktivlarni boshqarish mahsulotlari bo‘yicha milliardlab dollarlik majburiyatlarini bajara olmagani noroziliklarga sabab bo‘lgan. Natijada ko‘pchiligi kam daromadli bo‘lgan oddiy investorlar o‘z mablag‘laridan ayrilgan.

Kiritildi: 15:02 20.08.2026. O'qildi: 467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!