Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir hudud hokimligiga tayinlanmasligi qonunda belgilanmoqda

Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir hudud hokimligiga tayinlanmasligi qonunda belgilanmoqda

Qonunchilik palatasining majlisida “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitusiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

–Yangi tahrirdagi Konstitusiyamizda xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi yangi norma o‘z aksini topgan, – dedi deputat Inomjon Qudratov. – Islohotlarning bugungi davri mahalliy Kengash deputatlarining faolligini, hududlardagi mavqeini mustahkamlashni taqozo etadi.

Bir guruh deputatlarimiz tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasiga ko‘ra, mahalliy Kengashlar faoliyatiga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, xalq deputatlari Kengashi raisi o‘z vazifalarini bajarish davrida doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emasligi, kengashlar yig‘ilishlarida hokim nomzodi ko‘rib chiqilayotganida nomzod mahalliy Kengash deputatlariga hududni rivojlantirish dasturini taqdim etishi shartligi o‘z aksini topmoqda.

Shuningdek, mahalliy Kengash va hokim qabul qiladigan hujjatlar Yagona elektron tizimda (e-qaror.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tkazilishi va tizimga joylashtirilishi, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlarning haqiqiy emas deb hisoblanishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman va shahar hokimi etib tayinlanishi mumkin emasligi o‘z aksini topmoqda, – dedi deputat.

Kiritildi: 21:25 09.07.2024. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!