Uzun tumani Yangihayot mahallasida yashovchi oiladagi kelishmovchiliklar tufayli voyaga yetmagan farzand onasidan ayro holda qolgan edi.
Sud qaroriga ko‘ra, farzandning ona tarbiyasi va mehriga muhtojligi inobatga olinib, uni onasiga qaytarish belgilandi.
Majburiy ijro byurosining Uzun tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida 2017 yilda tug‘ilgan farzand onasi tarbiyasiga olib berildi.
Farzandini bag‘riga bosgan ona bir necha oylik sog‘inchdan so‘ng farzandi bilan qayta diydorlashganidan mamnunligini bildirdi.
Zero, ota-ona o‘rtasidagi kelishmovchilik farzand mehridan ayirmasligi kerak. Farzand — oiladagi eng katta ne’mat!