Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Bir guruh xorijlik shaxslar qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga urinishdi

Bir guruh xorijlik shaxslar qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga urinishdi

Mamlakatimiz fuqarolari va yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlarga O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o‘tish bo‘yicha muayyan qonun-qoidalar to‘g‘risidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borilishiga qaramay ba’zi bir shaxslar tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilmasligi holatlari uchrab turmoqda.

Kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan hujjatlarni nazoratdan o‘tkazish vaqtida ana shunday shaxslardan yana bir guruhi qo‘lga olindi. Ular taqdim etgan Malayziya davlatining fuqarolik pasportlari tekshirilganda qalbaki ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tegishli organ vakillari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Shri-Lanka fuqarolari ekanligi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Kiritildi: 15:10 09.11.2019. O'qildi: 2394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!