Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Bir guruh demokrat senatorlar Kuvaytda olti nafar AQSh harbiysi halok bo‘lgani yuzasidan tushuntirish talab qildi

Bir guruh demokrat senatorlar Kuvaytda olti nafar AQSh harbiysi halok bo‘lgani yuzasidan tushuntirish talab qildi

Qonunchilar Pentagon rahbariyatini Eronning javob zarbalariga tayyorgarlik ko‘rishda e’tiborsizlik qilganlikda va Qo‘shma Shtatlarning Yaqin Sharqdagi ob’ektlari himoyasiz qolgani haqidagi faktlarni yashirganlikda ayblamoqda.

"Ommaviy axborot vositalarining yangi xabarlarida Mudofaa vazirligi olti nafar harbiy xizmatchining o‘limini oldini olish uchun oddiy choralarni ko‘rmagani va sodir bo‘lgan voqea yuzasidan AQSh jamoatchiligini chalg‘itgani haqida tashvishli da’volar mavjud", — deyiladi senatorlar maktubida.

Bundan tashqari, senatorlar Kuvaytning Shuvayx portidagi Qo‘shma Shtatlar ob’ekti dronlarga qarshi zarur tizimlar bilan ta’minlanmaganini ta’kidlashdi.

Hujumdan omon qolganlarning so‘zlariga ko‘ra, ob’ektning mustahkamlik darajasi "nol" bo‘lgan, bu esa shaxsiy tarkibni Eronning javob hujumlari oldida mutlaqo himoyasiz qoldirgan.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!