Aks holda sun’iy intellekt boylarni yanada boyitib, qolganlarni ko‘maksiz qoldiradi, dedi milliarder.
Tirik odamni ishga olganda, biznes uning maoshidan soliq to‘lashga majbur bo‘ladi, robot xaridi yoki sun’iy intellektga korporativ obunani olganda esa soliq to‘lash shart emas.
Kompaniyalar mablag‘ tejash maqsadida odamlarni ishdan bo‘shatmasligi uchun, Geyts inson mehnati bilan bir qatorda, sun’iy intellekt tokenlarini generasiya qilish va sanoat robotlari faoliyatiga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq joriy etishni taklif qilmoqda. Geytsning o‘zi 2045-yilgacha 99 foiz boyligini tarqatib yuborishga va’da berdi.