Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Bill Geyts Epshteyn ishi bo‘yicha Kongress komissiyasida ko‘rsatma berdi

Bill Geyts Epshteyn ishi bo‘yicha Kongress komissiyasida ko‘rsatma berdi

Microsoft asoschisi Bill Geyts chorshanba kuni AQSh Kongressining sudlangan pedofil Jeffri Epshteyn faoliyatini tekshirayotgan komissiyasiga ko‘rsatma berdi.

AQSh Vakillar palatasining Respublikachilar partiyasidan saylangan a’zosi Jeyms Komer ish bo‘yicha tergov doirasida AQSh Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatlarda Geyts nomi bir necha bor tilga olinganidan so‘ng, uning ko‘rsatma berishini rasman talab qildi.

Hujjatlarga ko‘ra, Geyts va Epshteyn o‘rtasidagi munosabatlar 2011 yilda, Epshteyn 2008 yilda voyaga yetmaganlarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlaganlikda aybdorligini tan olganidan uch yil o‘tib boshlangan va kamida 2014 yil oxirigacha davom etgan.

Eshituvlar yopiq tartibda o‘tmoqda, biroq avvaldan tayyorlangan bayonotdan ma’lum bo‘lishicha, Geyts qonun chiqaruvchilarga hech qachon boshqa odamlarga zarar yetkazmaganini ma’lum qilmoqchi.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!