Bild nashrining xabar berishicha, Zelenskiy frontning ayrim qismlarida o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. Ukraina prezidenti idorasi buni yolg‘on deb atadi.
Nashrning yozishicha, Volodimir Zelenskiy yaqin bir necha hafta ichida AQSh rasmiylariga Rossiya bilan urushdagi strategiyasini taqdim etadi.
"Reja Rossiyaga chuqur zarbalar berish uchun G‘arb qurollaridan foydalanishga ruxsat berish talabini ham, Ukrainaning frontning ayrim qismlarida mahalliy o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini ham o‘z ichiga oladi", deb yozadi gazeta.
Ukraina prezidenti maslahatchisi Dmitriy Litvin Bild nashri chop etgan ma’lumotni feyk deb atadi va Ukraina" har qanday darajada va shaklda urushni muzlatishga qarshi" ekanini ta’kidladi.