Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ozarboyjon bilan munosabatlarimizda muammolar mavjud bo‘lsa-da, vaqti kelib hammasi o‘z o‘rniga tushadi

A A A
Ozarboyjon bilan munosabatlarimizda muammolar mavjud bo‘lsa-da, vaqti kelib hammasi o‘z o‘rniga tushadi

Bu haqda Rossiya prezidenti Xitoyga tashrifining yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyga tashrifi chog‘ida ozarboyjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev bilan ko‘rishgan va u bilan qisqa muloqot qilgan.

"Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda har doim mavjud vaziyatdan kelib chiqib savollar tug‘iladi. Muammolar bor. Bugun biz prezident Aliyev va uning rafiqasi bilan ko‘rishdik, ozroq suhbatlashdik. O‘ylaymanki, Ozarboyjon va Rossiya o‘rtasidagi fundamental munosabatlar, ularning rivojlanishidan o‘zaro manfaatdorlik oxir-oqibat hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yadi", — dedi Putin Xitoyga tashrifi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.

Kiritildi: 23:48 03.09.2025. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!