Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Bilasizmi? Birinchi igna qayerda yasalgan?

Bilasizmi? Birinchi igna qayerda yasalgan?

Bugungi kunda turli-tuman modalar uyi mavjud. Nafaqat ular balki, barcha uchun ham eng kerakli buyumlardan biri bo‘lmish igna tarixi haqida nimalarni bilasiz? Quyida shu haqda o‘qishingiz mumkin.

Tikish tarixi 20 ming yil oldingi davrga borib taqaladi. Qadimgi odamlar bigizning qadimgi ko‘rinishida hayvon terisini teshib, ularning paylarini teshiklaridan o‘tkazib, o‘zlariga “kostyum” tikkanlar. Toshlardan, hayvonlarning suyaklaridan yoki shoxlaridan yasalgan, dastlabki teshikli ignalar zamonaviy o‘arbiy Yevropa va Markaziy Osiyo hududlarida 17 ming yil ilgari topilgan. Afrikada palma barglarining paylariga bog‘langan, o‘simliklardan qilingan iplar igna  sifatida xizmat qilgan.

Ilk po‘lat igna Xitoyda yasalgan. Eramizdan avvalgan III asrda angishvona ham Xitoyda kashf qilingan. Mavritaniya (qadimgi Afrikaning shimoli-g‘arbiy hududlari, zamonaviy Jazoir g‘arbiy hududi va zamonaviy Marokashning sharqi) qabilalari bu kashfiyotlarni G‘arbga olib borishgan.

Ignalarning ommaviy ishlab chiqarilishi XIV asrga kelibgina Nyurnbergda, keyinchalik esa Angliyada ham boshlagan.

Mexanizasiyalashgan sanoat yordamida dastlabki igna 1785 yilda ishlab chiqarilgan.

Zamonaviy qaychining  birinchi ajdodi Qadimgi Misr harobalaridan topilgan. Butun metallar bo‘lagidan yasalgan bu qaychilarning yaratilish sanasi eramizdan avvalgi  XVI asrga borib taqaladi. hozirgi ko‘rinishdagi qaychilar esa Leonardo da Vinchi tomonidan ixtiro qilingan.

Kiritildi: 10:40 19.01.2020. O'qildi: 4454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!