Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Biatlon bo‘yicha Olimpiada chempioni Pokistonda tosh ostida qolib ketdi

Biatlon bo‘yicha Olimpiada chempioni Pokistonda tosh ostida qolib ketdi

Biatlon bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Laura Dalmayer Pokiston tog‘larida tosh ostida qoldi.

Bu haqda uning menejeriga tayanib, DPA agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 31 yoshli Dalmayer 28 iyul kuni taxminan 5,7 ming metr balandlikdagi Layla cho‘qqisiga chiqish chog‘ida Qorakoram tog‘larida tosh qulashi natijasida, tosh ostida qolgan. Uning sherigi favqulodda xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilgan, biroq hududga kirish imkoni bo‘lmagani uchun qutqaruv vertolyoti voqea joyiga faqat bugun ertalab yetib kelgan.

Hozircha qutqaruvchilar yana tosh qulashi xavfi yuqori bo‘lgani uchun sportchiga yetib bora olmayapti.

Dalmayer - tajribali alpinist, u tog‘da qutqaruv xizmatining a’zosi.

Kiritildi: 07:15 30.07.2025. O'qildi: 842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!