Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Besoqol Amir Temur tanqidlarga sabab bo‘lyapti (foto)

A A A
Besoqol Amir Temur tanqidlarga sabab bo‘lyapti (foto)

Xabaringiz bor, yaqinda "Fleshka" savdo markazida bir guruh kishilarning soqoli majburan olingani haqida xabarlar tarqalgandi.

"Troll.uz" esa bu holatga o‘zgacharoq munosabat bildiraman deb qovun tushirdi. Bobokalonimiz Amir Temurning suratini "qayta ishlab", soqolini olib tashladi va "besoqol Amir Temur" siymosi paydo bo‘ldi. "O‘zbekiston 24" telegram kanalida esa bu holat qattiq tanqid ostiga olindi.

"Mana shu lo‘ttivoz blogerlarga ishonch bildirayapsizlarmi hali.
Marhamat, ko‘rib qo‘yinglar, ular uchun qadriyatning ham, ma’naviyatning ham, millat faxri-g‘ururining ham sariq chaqalik qiymati yo‘q.
Amir Temur nomidagi jamg‘arma nega sukut saqlamoqda? "Milliy tiklanish" partiyasi nega munosabat bildirmayapti? Ma’naviyat targ‘ibot markazi nega og‘ziga talqon solib olgan?
Buyuk ajdodlarimizni tahqirlash uchun qonunchilikda jazo belgilanganmi yoki yo‘qmi?
TROLL UZga aytar so‘zimiz:
Sohibqiron ruhi bilan o‘ynashma..."

Kiritildi: 16:44 28.08.2019. O'qildi: 13115 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!