Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada, Yangi Zelandiya va Qo‘shma Shtatlarni o‘z ichiga olgan razvedka ittifoqi, uning barcha a’zolari foydalana oladigan maxfiy tizimni yaratmoqchi, deb xabar berdi Breaking Defense nashri.
Ma’lum qilinishicha, har bir mamlakatning rasmiylari bu tizim yordamida bir-birlari bilan ma’lumotlarni oson almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa o‘zaro operativ aloqalarni amalga oshirish imkonini beradi.