Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Berlinda mashhurlar qiyofasidagi robot-itlar namoyishi bahslarga sabab bo‘ldi

Berlinda mashhurlar qiyofasidagi robot-itlar namoyishi bahslarga sabab bo‘ldi

Berlindagi New National galereyada amerikalik rassom Beeple (Mayk Vinkelman) asarlaridan iborat ko‘rgazma ochildi. Regular Animals ekspozisiyasida Ilon Mask, Mark Sukerberg, Djeff Bezos, Kim Chen In va rassomning o‘zi qiyofasidagi robot-itlar namoyish etilgan. Ular galereya bo‘ylab harakatlanib, atrofdagi manzaralarni suratga oladi.

Sun’iy intellekt yordamida har bir robot-it tasvirlarni o‘ziga biriktirilgan mashhur shaxsning «shaxsiyati» va qarashlariga mos ravishda qayta ishlaydi. So‘ngra itlar ichiga o‘rnatilgan printerlar ushbu tasvirlarni chop etadi.

Rassomning ta’kidlashicha, bu orqali u internet platformalari va ularning algoritmlari insonlarning voqelikni qanday qabul qilishini shakllantirishini ko‘rsatmoqchi. Uning fikricha, Mark Sukerberg va Ilon Maskga tegishli algoritmlar odamlar nima ko‘rishi va dunyoqarashini belgilashda katta ta’sirga ega — ularga o‘zgarish kiritish uchun xalqaro tashkilotlarga murojaat qilish shart emas, algoritmni o‘zgartirishning o‘zi yetarli.

Kiritildi: Bugun 19:42. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!