Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

“Beril” to‘foni Texas shtatida 3 millionga yaqin xonadonni elektr energiyasiz qoldirdi

“Beril” to‘foni Texas shtatida 3 millionga yaqin xonadonni elektr energiyasiz qoldirdi

AQShning Texas shtatida “Beril” to‘foni oqibatida 2,7 million xonadon elektr tarmog‘idan uzilib qoldi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, 8 iyul kuni Texas shtatining janubi-sharqida shiddatli shamol va kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan. Yirik magistrallarni suv bosgan, neft tashiladigan portlar faoliyatini to‘xtatgan.

To‘fon oqibatida hozirga qadar 3 kishi halok bo‘lgan. 1300 dan ortiq reyslar bekor qilingan. 2,7 milliondan ortiq xonadon elektr va suv tarmog‘idan uzilib qolgan.

Texas shtati bo‘ylab fuqarolarga 2500 dan ortiq birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘ta xavfli hududlardan fuqarolar ko‘chirilgan. To‘fon yaqinlashgan hududlarda aholidan o‘zboshimchalik bilan uylaridan chiqib ketmaslik so‘ralgan.

Kiritildi: 13:45 09.07.2024. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!