Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Belgiyada dronlar sabab aeroportlar faoliyati to‘xtatildi, NATO bazasi ustida ham uchuvchi qurilmalar aniqlangan

Belgiyada dronlar sabab aeroportlar faoliyati to‘xtatildi, NATO bazasi ustida ham uchuvchi qurilmalar aniqlangan

OAV xabarlariga ko‘ra, mahalliy aholi Belgiyaning shimoli-sharqida joylashgan Klyayne-Brogel NATO aviasiya bazasi yaqinida kamida oltita dronni ko‘rgan. Polisiya ikki noma’lum uchuvchi qurilmani qayd etgan va ular yana paydo bo‘ladigan taqdirda urib tushirish maqsadida bazaga vertolyot yuborgan.

DPA agentligining yozishicha, Klyayne-Brogel Yevropadagi AQSh yadroviy qurollari saqlanadigan joylardan biri hisoblanadi.

Qayd etilishicha, 4 noyabr kechqurun Bryussel aeroporti dronlar haqidagi xabarlar tufayli ikki marta o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Cheklovlar Belgiyaning yana bir shahri — Lyej aeroportida ham joriy etilgan.

Belgiyada oxirgi haftalarda shunga o‘xshash holatlar ko‘p kuzatilmoqda. Jumladan, oktyabr oyi oxirida dronlar ikki marta Lyej janubidagi Marsh-an-Famen harbiy bazasi ustida aniqlangan. O‘shanda mamlakat Mudofaa vaziri buni «Belgiya armiyasining yuragiga qarshi ochiqdan-ochiq rejalashtirilgan harbiy amalmyot» deya baholagan. Shuningdek, oktyabr boshlarida mamlakat sharqidagi Elzenborn harbiy poligoni ustida 15 ta dron qayd etilgan.

Kiritildi: 13:58 05.11.2025. O'qildi: 1304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!