Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Belgiyada “Barselona” muxlislarini olib ketayotgan avtobus yonib ketdi (video)

Belgiyada “Barselona” muxlislarini olib ketayotgan avtobus yonib ketdi (video)

Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi muxlislarini Chempionlar ligasi o‘yini uchun Belgiyaning “Bryugge” klubi stadioniga olib ketayotgan avtobus yonib ketdi va muxlislar evakuasiya qilindi.

Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Diario Sport tomonidan X ijtimoiy tarmoqda chop etilgan videoda avtobusning orqa qismida kuchli tutun va ochiq alanga borligini ko‘rish mumkin. Favqulodda xizmatlar odamlarga avtomobilni evakuasiya qilishga yordam berdi. Jarohatlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

"Bryugge" va "Barselona" Chempionlar ligasining 4-turida o‘zaro bahs olib borishdi va 3:3 hisobi qayd etildi.

Kiritildi: 10:30 06.11.2025. O'qildi: 1158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!